Tuttibuloq g‘oridan 48 ming yil avval yashagan odamning izlari topildi

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi Boralday tog‘ida joylashgan Tuttibuloq g‘orida olimlar bundan 48 ming yil avval yashagan odamning izlarini topdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. 

“Biz Tyubingen universiteti olimlari, jumladan, Ispaniya, Amerika, Gretsiya, Ruminiya va respublikamiz vakillari bilan Tuttibuloq g‘orini o‘rganmoqdamiz. Biz anchadan beri ishlayapmiz. O‘tgan yili bu yerdan tarixiy yodgorliklar va kul qoldiqlari topilgan. G‘orning ichida o‘choq ham bor edi. Ushbu kulni tekshirish asosida laboratoriya odamlar bu yerda 48 ming yil avval yashaganligini isbotladi. Hali qazish bilan shug‘ullanmoqdamiz”, deydi Milliy fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori Jaken Taymaganbetov.

Qayd etilishicha, 2017 yilda boshlangan qidiruv ishlari natijasida bu yerda ayiq va odam tishlari, qirg‘ich, o‘zak tosh kabi turli buyumlar topilgan. Eksponatlar orasida ming yillar davomida yer ostida yotgan kul qoldiqlari ham bor.

“Ekspeditsiyada to‘rtta asbob topildi. Ularning har biri xar hil xomashyodan tayyorlanadi. Kvars - Tuttibuloq daryosidan topilgan material. Bu g‘or yaqinida bunday xomashyo ko‘p emas. Shunga qaramay, odamlar o‘zlariga kerakli materialni topib, undan asboblar yasagan”, deydi tadqiqotchi-arxeolog Abay Naden.

Tadqiqotchilarning fikricha, Tuttibuloq Qozog‘istonda bunday yodgorliklar topilgan birinchi g‘ordir. Bu jahon sensatsiyasi – qozoq olimlarining katta yutug‘idir. Topilgan eksponatlar taxminan bir yil davomida o‘rganiladi. Ularning yoshini va o‘ziga xos davrini aniqlash kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

536

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing