Tushdan keyin keladigan uyquni qanday yengish mumkin?

Foydali

image

Kunning ikkinchi yarmida, ya’ni, tushdan keyin ko‘pchilikni uyqu bosadi. Tibbiyot xodimlari tushdan keyingi uyquchanlikni yengish usullarini taqdim etishdi. Bu haqda “MedikForum” xabar bergan. 

Ta’kidlanganidek, qisqa jismoniy mashqlar, choy, sevimli musiqa va boshqa shu kabi usullar odamni tetiklashtiradi. 

Jismoniy mashqlar uyquchanlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi, chunki ular endorfin va adrenalin ajralishiga yordam beradi. 

Shuningdek, ishdan tanaffus olish ham tetiklashishga hissa qo‘shadi. Masalan, ko‘chada yarim soat aylanib kelib, ishni davom ettirish ish unumini oshiradi. 

Tarkibida kofein bo‘lgan choy ham uyquchanlikka qarshi samarali kurashadi. Ushbu ichimlikning ayrim navlarida qahvaga qaraganda ko‘proq tetiklashtiruvchi moddalar mavjud. 

Shuningdek, shifokorlar sovuq suvda yuvinishni maslahat berishadi: bu qondagi kislorod miqdorini oshiradi.

Sevimli musiqa esa tanadagi ba’zi mexanizmlarni faollashtiradi, bu ham odamni uxlab qolishiga to‘sqinlik qiladi.

Qora shokolad iste’mol qilish orqali endorfinlar ajralishi, ong samaradorligining oshishi va asab hujayralarining barqaror ishlashiga erishish mumkin. 

Shuningdek, qisqa vaqtga uxlab olib ham uyquni yengish mumkinligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UYQUChANLIK

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar