To‘rtta hududda 7 mlrddan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

3-sahifa

image

4 ta hududda jami 7 milliarddan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “B.S.” ma’suliyati cheklangan jamiyat mansabdor shaxslari tijorat bank filialidan chorvachilik uchun ajratilgan kredit mablag‘larining 3,3 mlrd so‘mini talon-toroj qilgani aniqlangan. Ular bu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida “Sh.A.” va “H.M.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biliktirib, kredit mablag‘arini talon-toroj qilgan. Ular parranda va ozuqa yemi sotib olish uchun “Sh.A.” MCHJga ajratilgan 2 mlrd so‘m kreditni “H.M.” MCHJga  o‘tkazish orqali pullarni o‘zlashtirgan.

Shuningdek, Namangan viloyati Pop tumanida “S.S.” MCHJ rahbari M.X. va ish yurituvchisi O‘.M. hududiy tijorat banki filialidan jami 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Ushbu shaxslar ayollar go‘zallik saloni va fitnes sport to‘garagini tashkil etish uchun ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan sport anjomlari va jihozlarini sotib yuborgan.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida fuqaro R.K. 700 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan. U qarindoshi Sh.X.ning nomidan “N.S.” dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, chorva mollarini ko‘paytirish va yilqichilik faoliyatini amalga oshirish uchun bankdan ajratilgan pullarni o‘z maqsadlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkzilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing