To‘rtovlon Toshkentda yangi platforma tashkil qilishga kelishib oldi

Jamiyat

image

Kecha, 15 iyul kuni Toshkent shahrida AQSH, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishining dolzarbligini qayd etgan holda tomonlar Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlikni o‘rnatishda mintaqaviy bog‘liqlikni muhim, deb topgan.

 “AQSH, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari qisqacha aytganda mintaqaviy bog‘liqlikni kengaytirishga qaratilgan yangi to‘rt tomonlama diplomatik platformani tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, samarali xalqaro savdo yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun tarixiy imkoniyatni anglagan holda tomonlar savdoni kengaytirish, tranzit yo‘llarni yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga umid qilmoqda.

Tomonlar ushbu hamkorlik shartlarini o‘zaro konsensus asosida belgilab olish uchun yaqin oylarda uchrashishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing