To‘rtko‘ldagi avtohalokat ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Shu yilning 21 avgust soat 03:30larda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 24 yoshli F.K. o‘zining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 40 yoshli A.B. boshqaruvidagi “Nexia”rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada “Cobalt” avtomashinasi haydovchisi F.K., yo‘lovchisi, Xorazm viloyatida yashagan 20 yoshli S.N. ismli ayol, “Nexia” avtomashinasi yo‘lovchilari, Xorazm viloyatida yashagan, 18 yoshli M.Q. ismli qiz va Xorazm viloyatida yashovchi 27 yoshli M.M.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay S.N. va M.Q.lar shu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing