To‘rt amaldor har hafta tadbirkorlar muammosini o‘rganadi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra o‘tgan hafta Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ular tomonidan juda ko‘plab yechilmagan muammolar ko‘tarilib, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirilgan. Ta’kidlanishicha, ularning barchasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar, ularga faqatgina yer va infratuzilma masalasini hal qilib berish kifoya. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri Sunnatilla Abdullayev xabar berdi. 

Shu sababli, Iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov har haftada o‘ziga biriktirilgan hududlarga chiqib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va ularning muammolarini joyida hal qiladi.

Viloyat hokimlari ham haftada bir marta o‘z hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning masalalarini yechib boradi. Alisher Xo‘jayev ushbu uchrashuvlarni muntazam televideniyeda yoritib, ularning natijalarini aholiga yetkazib boradi.

Adham Ikromov va AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ikki hafta muddatda tadbirkorlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha elektron portalni ishga tushiradi.

Adham Ikromov bir oy avval tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan ushbu uchrashuvlar grafigini e’lon qiladi va kelib tushgan murojaatlarning elektron portalga kiritib, hal etilishini nazorat qiladi.

Shuningdek, Adham Ikromov va Dilmurod Qosimov elektron portalga kelib tushgan muammoli masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan har hafta Prezidentga axborot berib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing