Tursunov o‘rniga Tursunov. Navoiy viloyati hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
08 noyabr 2021
22984Qobul Beknazarovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilindi.
Shuningdek, davlat rahbarining yana bir farmoni bilan Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Normat To‘lqunovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tayinlandi.
Normat Tursunov davlat soliq xizmatidagi faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasida boshlagan.
U 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosar, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2017 yil oktyabr oyidan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Qobul Tursunov 2016 yil 25 dekabrdan beri Navoiy viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
LiveBarchasi