Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlanishi kutilmoqda
Jamiyat
−
25 Noyabr 2022 9345 1 daqiqa
Bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida viloyatga hokim tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Navoiy viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat To‘lqunovich Tursunov nomzodini tavsiya etdi.
Nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.
Eslatib o‘tamiz, viloyatning avvalgi hokimi Qobul Tursunov 2021 yilning 8 noyabr kuni lavozimidan ozod etilgan edi. O‘shandan buyon Normat To‘lqunovich Tursunov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr