Tursunali Qo‘ziyev Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Tursunali Karimjonovich Qo‘ziyev joriy yilning 5 noyabridan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tursunali Qo‘ziyev Toshkent davlat san’at institutini tamomlagan. U o‘z mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyati Madaniyat fondi raisi, keyinchalik P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurti direktori sifatida ishlagan.

2017 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish olib borgan.

Tursunali Qo‘ziyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” faxriy unvoniga ega, Vetnam Sotsialistik Respublikasining “Do‘stlik” ordeni hamda Ukraina, Rossiya, Yaponiya, Eron, Misr davlatlarining qator orden va medallari bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing