“Turkmenenergo”dan O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti tiklandi
Jamiyat
−
21 fevral 2020
3452Avvalroq, bugun, 21 fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli “Mari issiqlik stansiyasi” va “Serdar” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulotda o‘chishi oqibatida Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaygani haqida xabar bergan edik. Bu holat o‘z navbatida O‘zbekiston energetika tizimida 600 MVt quvvat darajasida cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘lgan edi.
Bugun, soat 16:20 da Turkmanistonning “Mari issiqlik stansiyasi” va “Serdar” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘idagi nosozlik turkmanistonlik energetiklar tomonidan bartaraf etilib, O‘zbekistonga elektr energiyasi importi to‘liq hajmda tiklandi. Ayni paytda elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan iste’molchilarni tarmoqqa qayta ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
Turli nosozliklar tufayli elektr ta’minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qisqa muddatli uzilishlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddi xodimlari tomonidan bartaraf etilib (qisqa raqami: 1154), mavjud yoqilg‘i zaxirasiga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, “O‘zbekgidroenergiya” AJ stansiyalari ham to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 dekabr sanasidan buyon “Turkmenenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelmoqda.
LiveBarchasi