Turkmanistondagi shaharga “Arqadag‘” nomi berildi
Olam
−
22 dekabr 2022
11823Turkmanistonning Axal viloyati yangi ma’muriy markazi shahar maqomini oldi va Arqadag‘ deb nomlanadi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesining “Vatan” axborot dasturi xabar berildi.
Bu haqdagi qaror Milliy Gengesh mejlisi tomonidan Axal viloyati va mamlakatning boshqa viloyatlari aholisining xohish-istaklarini, shuningdek, “Turkmanistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Turkmaniston Qonuniga muvofiq jamoat tashkilotlarining takliflari asosida qabul qilindi.
Bugun Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi hududida bo‘lib o‘tgan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida yangi ma’muriy markaz Arqadag‘ shahri, Axal viloyati deb nomlanishi haqida parlament raisi Gulshat Mammedova ma’lum qildi. .
Ma’lumot uchun, Arqadag‘ Turkmanistonning ikkinchi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning rasmiy va eng keng tarqalgan unvoni. Bu atama rasmiy ravishda davlatning ikkinchi Prezidentiga nisbatan Turkmaniston fuqarolari, mansabdor shaxslar va Turkmanistondagi mutlaqo barcha davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan qo‘llaniladi.
Rasmiy ravishda, Arqadag‘ nomi Turkmaniston davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan "qo‘rg‘on, tayanch va umid", shuningdek, "homiy" deb tarjima qilingan, garchi bu so‘zning o‘zi turkmancha ikkita so‘zdan – arqa (orqasida) va dag‘ (tog‘) so‘zidan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z "orqamizdagi tog‘" degan ma’noni anglatadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida shaharlar nomi Prezidentlar sharafiga o‘zgartirilishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Yaqin tarixda Qozog‘istonda shunday voqea yuz bergandi. 2019 yilning mart oyida Prezident lavozimidan o‘z xohishi bilan voz kechgan Nursulton Nazarboyev sharafiga poytaxt Ostona shahri Nur-Sulton nomiga o‘zgartirilgan edi. 2021 yilning yanvar oyida o‘tgan ommaviy namoyishlardan keyin shahar yana Ostona nomini oldi.
LiveBarchasi