Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga haydovchilik guvohnomasi berish taqiqlandi
Olam
−
09 yanvar 2023
7609Turkmaniston Davlat yo‘l inspeksiyasi ayollarga avtomashina haydash huquqini berish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatiga nikoh guvohnomasini ham kiritdi. Bu haqda “Turkman News” xabar berdi.
Nikoh to‘g‘risidagi guvohnomadan tashqari, ayollar oila tarkibi to‘g‘risida, tibbiy va ish joyidan ma’lumotnoma hamda pasport taqdim etishi shart. Ayollarga ishonchnoma orqali mashina haydashga ruxsat berilmaydi.
Yana bir norasmiy shart shuki, mashina haydamoqchi bo‘lgan ayol 40 yoshdan oshgan bo‘lishi va uning nomiga avtomashina rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
2020 yil oxirida 40 yoshdan oshgan ayollar uchun haydovchilik guvohnomalari yangilana boshladi, keyin xorijiy elchixonalar xodimlari hamda oila a’zolari nogiron yoki saraton kasalligiga chalinganlar yosh chegarasisiz avtomobil haydash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Keyinchalik mamlakatda yosh cheklovlari olib tashlangani haqida xabar berildi, lekin haydovchilik guvohnomasini berish bilan bog‘liq vaziyat aslida o‘zgarmadi.
LiveBarchasi