Turkmanistonda ayollarga mashinaning old o‘rindig‘iga o‘tirish taqiqlanmoqda

Olam

image

Turkmanistonda ayollarga mashinaning oldi o‘rindig‘ini egallash taqiqlanmoqda. Bu haqda “Turkmen.news” bir necha ommaviy axborot vositalariga tayanib, xabar berdi, 

OAV suhbatdoshlariga ko‘ra, ayollar mashinada faqat orqa o‘rindiqda o‘tirishlari mumkin. Ayolning otasi, akasi yoki eri mashinani boshqarayotgan bo‘lsa ham, haydovchining yonida o‘tirish taqiqlanadi.

Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida faqat ikkita yo‘lovchi orqa o‘rindiqlarga o‘tirishi mumkin. Uchinchi yo‘lovchiga nima sababdan taqiqlangani aytilmagan. Yangi qoidalarni joriy etish tashabbusi bilan kim chiqqani ham noma’lum.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Balkanobodda ham, Turkmanboshida ham bunday taqiqlar yo‘q. Biroq Turkmanistonda ayollarga nisbatan harakat qoidalari bo‘yicha kamsitish birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q.

Misol uchun, 2017 yil oxirida politsiya ayollar boshqarayotgan mashinalarni to‘xtata boshlagan. Ayol haydovchilar keyin to‘xtatilganda, jarimaga tortilishi haqida ogohlantirilgan. Keyinchalik ayollarning haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yila boshlagan. 

Turkmanistonlik ayollar haydovchilik kurslariga qabul qilinmagan, mavjud haydovchilik guvohnomalari yangilanmagan. Biroq, ayollar uchun mashina haydashga hech qachon rasmiy taqiq qo‘yilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing