Turkmaniston afg‘on xalqiga yil oxirigacha yordam bermoqchi

Olam

image

Turkmaniston joriy yilning oxirigacha Afg‘onistonga oziq-ovqat, kiyim-kechak va neft jo‘natadi. Bu haqda "Turkmenistan Today" axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida Afg‘onistonga gumanitar yuklarni yetkazib berish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Gumanitar yordamni yetkazib berish uchun javobgarlik mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga yuklangan.

Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, To‘qimachilik sanoati departamenti, "Turkmengaz" davlat konserni, "Seydi" neftni qayta ishlash zavodi, "Turkmanboshi" neftni qayta ishlash kombinati hamda Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqiga ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlarni o‘tkazish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Afg‘onistonga yordam berish maqsadida muntazam ravishda insonparvarlik yuklarini yetkazib turadi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing