Turkiyaning zilzila yuz bergan hududlarida ta’lim olish 1 haftaga to‘xtatildi
Olam
−
06 fevral 2023
4087Bugun, 6 fevral kuni Turkiyada yuz bergan zilzila tufayli talafot ko‘rgan hududlarda ta’lim 1 haftaga to‘xtatilgan. Bu haqda “TRT Haber” Turkiyaning Vitse-prezidenti Fuat Oktayga tayanib, ma’lum qildi.
Shuningdek, barcha fuqarolarga bepul qo‘ng‘iroqlar imkonini beruvchi qo‘shimcha aloqa hamda tekin internet trafiklari berildi. Bu haqda Turkiyaning Transport va infratuzilma vaziri o‘rinbosari O‘mer Fatih Sayan bayonotida aytib o‘tilgan.
“Operatorlarimiz zilzila hududida fuqarolarimiz uchun uzluksiz aloqani ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma bermoqda. Mintaqada barcha fuqarolarimiz uchun erkin so‘z va internet o‘rnatildi. Barcha mobil, internet va statsionar liniyalar, shuningdek, qarzdorlik tufayli yopilgan telefonlar ham qo‘ng‘iroqlar uchun ochildi. Ayni vaqtda viloyatdagi barcha taksofonlar ham ishga tushirildi” deydi O‘mer Fatih Sayan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning markaziy qismida va Suriya shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 284 nafarga yetdi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi