Turkiyaning siyosiy ta’siri ortishi mumkin bo‘lgan hududlar e’lon qilindi: Markaziy Osiyodan 2 ta davlat bor

Olam

Turkiyaning TRT1 davlat telekanali Amerikaning Stratfor kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Anqaraning ta’sir doiralarini kengaytirish prognozini efirga uzatdi. Telegram’dagi “Voyenniy obozrevatel” kanali undagi ba’zi kadrlarga e’tibor qaratdi.

Ma’lum qilinishicha, 2050 yilga kelib Turkiya ta’sir doirasini birdaniga bir necha yo‘nalishda kengaytiradi. Tahlilchilar prognozlariga ko‘ra, Anqara Rossiyaning janubiy mintaqalarida, xususan, Qrim, Kuban, Qalmog‘iston, Astraxan viloyati va Shimoliy Kavkaz respublikalarida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlay oladi.

Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmanistonning bir qator hududlari, shuningdek Gretsiya va o‘zlarini Donbass deb e’lon qilgan Respublikalar hududlari Turkiya ta’siriga tushishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, ekspertlarning fikriga ko‘ra, Turkiya mavqeining Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Misr va Liviyada mustahkamlanishini kutish mumkin.

2020 yil noyabr oyida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Respublikaning yangi dunyo tartibida yetakchi o‘rinni egallashini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, mamlakat yangi siyosiy va iqtisodiy dunyo tartibida o‘z kuchi hamda ta’sirini kengaytirish uchun zarur imkoniyatlarga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing