Turkiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmasligi xavotirli — Borrel
Olam
−
11 dekabr 2022 7975
Turkiya Rossiya bilan savdo aloqalarini qayta ko‘rib chiqishi va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimiga qo‘shilishi kerak. Bu haqda Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat bo‘yicha mas’ul Jozep Borrel Yevroparlamentga yozma murojaatida aytib o‘tdi.
"Turkiyaning Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan cheklovchi choralariga qo‘shilmaslik siyosati xavotirga sabab bo‘lmoqda”, deydi Borrel.
Shuningdek, u Turkiya va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashishi ham katta tashvishga sabab bo‘layotganini aytib o‘tgan.
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbariga ko‘ra, Turkiya rasman YeIga a’zolikka nomzod maqomiga ega va jamiyat nomzodlardan o‘z sanksiya siyosati bilan o‘rtoqlashishlarini kutmoqda.
Live
Barchasi