Turkiyaning qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Erdo‘g‘an ta’ziya bildirdi

Olam

image

Bugun, 7 aprel kuni Turkiya markazidagi Konya shahri yaqinida “Turk yulduzlari” harbiy qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Sabah” nashri yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, jangovar transport vositasi o‘quv parvozi paytida qulab tushgan. Dastlab, halokatga uchragan samolyot F-16 qiruvchisi ekani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Keyinroq bu “Northrop F-5” qiruvchisi bilan sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

Konya shahri hokimi Ugur Ibrohim Oltoy dastlab aviahalokatda uchuvchining halok bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etib kelgandi.

Biroq, keyinroq Turkiya Milliy mudofaa vazirligining bergan bayonotida qiruvchi samolyot uchuvchisi hodisa oqibatida halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

“Bizning havo kuchlarimizdan “Northrop F-5” samolyotining uchuvchisi qulash oqibatida halok bo‘ldi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Konya provinsiyasi gubernatori Vaxdettin Ozkan TRT telekanali efirida samolyot “Turk Yulduzlari” tarkibiga kirganini aytdi.

Mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an, allaqachon, ushbu falokat yuzasidan hamdardlik bildirishga ulgurdi.

“Shahid ketgan uchuvchiga Allohdan rahm tilab, duo qilmoqdaman. Uning oilasi, qarindoshlari, Turk Qurolli Kuchlari va millatiga hamdardlik bildiraman”, deb yozadi Turkiya Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing