Turkiyaning ilk uchuvchisiz qiruvchi samolyoti birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Texnologiya
−
15 dekabr 2022
5002“Baykar”ning o‘z sarmoyasi bilan ishlab chiqilgan ilk Turk uchuvchisiz qiruvchi samolyoti “Bayraktar Kızılelma” ilk parvozini muvaffaqiyatli yakunladi.
“Baykar” ma’lumotlariga ko‘ra, “Bayraktar Kızılelma” birinchi parvozdan oldin kerakli sinovlarni o‘tkazib, Tekirdog‘ Chorlu shahridagi Akinji parvoz ta’lim va sinov markazida soat 14:59 da havoga ko‘tarildi. Birinchi parvozni 15:17 da muvaffaqiyatli yakunlagan samolyot qo‘ndi. “Bayraktar Kızılelma”ning 18 daqiqa davom etgan ilk parvozi turk aviatsiya tarixida yangi davrni ochgani aytilmoqda.
“Baykar” 100 foiz o‘z kapitali bilan boshlagan “Bayraktar Kızılelma” loyihasiga 2021 yilda start berilgan edi. 2022 yil 14 noyabrda montaj liniyasidan chiqarilgan TC-ÖZB quyruq raqamiga ega “Bayraktar Kızılelma” Chorlu shahridagi Akinji parvoz o‘quv va sinov markaziga topshirildi. Bir oylik sinovdan so‘ng bu yerda birinchi parvoz rekord darajada — loyiha boshlanganidan bir yil o‘tgach amalga oshirildi.
“Baykar Teknoloji” texnik direktori va Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdor bu voqeani Twitter’da baham ko‘rdi.
“Biz [uni] endi yerda ushlab turolmadik va u uchib ketdi. Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin...”, deb yozadi Bayroqdor.
Birinchi turk uchuvchisiz samolyoti qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan, jumladan, Turkiya dengiz flotining Anadolu flagmaniga asoslangan.
Samolyotni ishlab chiqish “Baykar”ning uchuvchisiz samolyotlar sohasidagi 20 yillik tajribasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Og‘irligi 6 tonna bo‘lgan samolyot 1, 5 tonna foydali yukni ko‘tara oladi. “Bayraktar Kızılelma” Turkiyada ishlab chiqarilgan AESA radar tizimi bilan jihozlangan.
Samolyotning ilk ko‘rgazmali parvozi 2023 yilga mo‘ljallangan, o‘shanda Turkiya respublikaning 100 yilligini keng nishonlaydi.
“Bayraktar Kızılelma” uchuvchisiz harbiy samolyoti qisqa uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘lgan kemalardan, shu jumladan Turkiya dengiz flotining flagmani – TCG Anadolu’dan ucha oladi. Bu xususiyat “Bayraktar Kızılelma”ni xorijdagi operatsiyalar uchun samarali vositaga aylantiradi.
“Baykar”, taxminan 20 yil avval dronlarni ishlab chiqishni boshlaganidan beri umumiy daromadining 75 foizini eksportdan olgan.
Turkiya Eksportchilar Assambleyasi tomonidan 2021 yilda mudofaa va havo-kosmik sektorda eksport yetakchisi sifatida e’lon qilingan “Baykar”, 2022 yilda 18 xil davlatga bir milliard dollardan ortiq mahsulot eksport qildi. Bundan tashqari, “Baykar” 2022 yilda imzolagan shartnomalarning 98 foizi eksport shartnomalari edi.
LiveBarchasi