Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berildi
Olam
−
13 iyul 2021
85750Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada o‘zbekistonlik kelin oiladagi barcha qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
“Ayni vaqtda Turkiyaning OAV va ijtimoiy tarmoqlarida (Tik Tok va Youtube) keng tarqalayotgan O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan va ayni vaqtda uyidan qochib, o‘g‘rilikda ayblanayotgan fuqaro D.Z.ga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha xolat O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan mazkur ishni o‘rganib chiqish uchun advokat jalb qilingan. Qayd etilishicha, mazkur xodisaga qonuniy baho berilgandan so‘ng qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi