Turkiyaga qo‘ngan Rossiya samolyoti yonib ketdi
Olam
−
09:18
7017Rossiyaning Sochidan uchgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti kecha, 24 noyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahri aeroportiga qo‘ngach, yonib ketdi. Bu haqda Rossiya aviatsiyasi matbuot kotibi Artyom Korenyako o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Uning Rossiyaning Antaliyadagi Bosh konsulligiga tayanib yozishicha, hodisa oqibatida samolyot yo‘lovchilaridan hech biri jabrlanmagan. Samolyot komandiri yo‘lovchilarni maxsus traplar yordamida evakuatsiya qilishga qaror qilgan. Aviakompaniya qurbonlar yo‘qligini tasdiqlagan.
Korenyakoning qo‘shimcha qilishicha, "Azimut" ortga qaytish uchun zaxira samolyot tayyorlamoqda. Turkiya Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotda 95 kishi bo‘lgan. Antaliya aeroporti rasmiylari esa bortda 91 nafar yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qilgan..
Matbuot kotibiga ko‘ra, havo kemasidagi yong‘in Turkiya aeroportining qutqaruv guruhi tomonidan tezda o‘chirilgan.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Superjet kuchli yomg‘ir va shamol tufayli noqulay ob-havo sharoitida qattiq qo‘nganidan so‘ng yonib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyadan uchgan samolyot yo‘lovchilari bilan halokatga uchragandi. Samolyot San-Pauludan 80 km shimoli-g‘arbda joylashgan Vinedu shahriga qulagan. Fojia oqibatida bortdagi barcha 61 kishi, jumladan 57 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi