Turkiyadagi zilzilalar uyushtirilganmi?
Olam
−
08 fevral 2023
74323Rossiya Harbiy fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi, harbiy tahlilchi Vladimir Proxvatilov Turkiya va Suriyadagi halokatli zilzilalar geofizik qurollar ishlatilishi natijasi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “EurAsia Daily” nashri xabar berdi.
Olimning aytishicha, nazariy jihatdan elektromagnit effektlar yer qobig‘ining silkinishiga olib kelishi mumkin. Biroq hozirda Turkiya va Suriyada geofizik qurollar qo‘llanilgan deb aniq aytish mumkin emas. Chunki bunday ayblov uchun yetarlicha dalil yo‘q.
“Zilzila tabiiy yoki texnogen sabablar orqali sodir bo‘lganini isbotlashning hech qanday usulini bilmayman. Bu zilzilalar odatda issiq nuqtalar deb ataladigan, muayyan etnik yoki harbiy to‘qnashuvlar yuz beradigan joylarda sodir bo‘lishi tashvishlidir. Turkiya tashqaridan boshlangan urush to‘xtamayotgan Suriyadagi voqealarda faol ishtirok etmoqda”, degan Vladimir Proxvatilov.
Uning aytishicha, bu turdagi qurollar Sovuq urush davrida faol ishlab chiqilgan. Bunday loyihalar orasida Amerikaning HAARP (High Frequency Active Auroral Research Program – yuqori chastotali radioto‘lqinlarning ionosfera tarqalishini o‘rganish dasturi) loyihasi ham bor. Bu qutb kengliklarida joylashgan kuchli qurilma bo‘lib, u ionosferaga yuqori quvvatli ion nurlarini yuborish imkoniyatiga ega. Ular stratosferaning zich qatlamlaridan aks etadi va yerning ma’lum bir hududiga tushadi. Bir qator tadqiqotchilar bunday qurollarni yerning qattiq qizib ketishiga olib kelishini aytadi. Shuningdek, OAVda tarqalgan xabarlarda ham Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yevropa, Pokistondagi barcha jiddiy tabiiy ofatlar HAARP loyihasi ishga tushirilgandan so‘ng boshlangani ma’lum qilingan. Ammo buning ishonchliligini tekshirish mumkin emas.
Ta’kidlash joizki, Sovuq urush davrida bu turdagi geofizik qurollar SSSRda ham bo‘lgan. Xususan, Nijniy Novgorod yaqinida joylashgan SURA radio majmuasi HAARP’ga qarshi turish uchun ishlab chiqilgan. Rossiya tomoni SURA uzoq vaqtdan beri yopilganini aytib keladi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi