Turkiyadagi zilzilada jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?

Olam

image

Turkiyaning Marmara dengizi mintaqasida bugun, 23 noyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 50 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi. 

“50 ga yaqin kishi yengil tan jarohati oldi, ulardan 33 nafari allaqachon tibbiyot muassasalaridan chiqarilgan”, deydi ichki ishlar vaziri jurnalistlarga. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar zilziladan jabr ko‘rgan hududlardagi 8 ming uyga yetkazilgan zararni baholashni rejalashtirmoqda. 

“Hürriyet”  gazetasi, shuningdek, zilzila tufayli keksa fuqarolardan biri yurak xurujidan vafot etgani haqida xabar berdi. 

5,9 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan 04:08 da Duzje viloyatining Ko‘lyoqa hududida qayd etilgan va Istanbul, Bolu, Sakarya, Anqara, Bartin, Kojaeli, Kutahya, Bilejik, Zonguldak, Bursa va Izmirda sezilgan.. Manba 10,6 km chuqurlikda joylashgan. 

Turkiya rasmiylariga ko‘ra, zilzila oqibatida qurbonlar yo‘q. Duzjedagi ko‘plab uylarda yoriqlar paydo bo‘lgan, qisman vayronagarchiliklar kuzatilmoqda.

Zilzila sababli 23 noyabr kuni Deje, Bolu, Sakarya va Zonguldak maktablarida 1 kunlik ta’tillar e’lon qilingan.   

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Ichki ishlar vazirligi tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘lanib jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganligini aniqladi/


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made