Turkiyadagi shaharning bir qismi sayyohlar selfi tushishi uchun buziladi
Olam
−
23 yanvar 2021
3592Turkiya Hukumati ta’tilga kelgan sayyohlar tarixiy markazning asl holatini ko‘rishlari uchun Mardin shahrining bir qismini buzishni rejalashtirmoqda.
Turkiya turoperatorlar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular qishloqdagi 240 dan ortiq turli xil binolarni yo‘q qilish niyatida.
Shuningdek, mamlakat Hukumati ushbu qarorni ataylab qabul qilingani ta’kidlanmoqda, chunki ushbu sayyohlik markazi chet ellik mehmonlar orasida tobora ommalashib boryapti. Xususan, 2012 yildan 2019 yilgacha shaharga kelgan sayohatchilar soni yiliga ikki milliondan besh milliongacha o‘sgan.
Yanvar oyi oxirida Turkiya Atrof-muhit va shaharsozlik vazirligi ushbu binolarni buzish uchun 10 million turk lirasi ajratdi. Ayni paytda, Mardin viloyati gubernatori Mahmut Demirtash loyiha uchun pul haqiqatan ham olinganini va shu sababli yaqin orada hududda buzish ishlari boshlanishini aytdi.
LiveBarchasi