Turkiyadagi mehmonxonada rus va ukrain futbolchilari mushtlashdi

Sport

image

Turkiyaning Antaliya shahridagi mehmonxonada Rossiyaning “Shinnik” va Ukrainaning “Minay” klubi futbolchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.  Bu haqda “Sports.ru” sayti xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, mojaro kecha, 13 fevral oqshomida “Minay”ning bir necha vakillari Yaroslavl klubi rahbarining oldiga kelib, undan Ukraina madhiyasini kuylashni talab qilganidan so‘ng boshlangan. “Shinnik” rahbari esa ukrainaliklarga masalani ko‘chada hal qilishni taklif qilgan, ammo mehmonxona xodimlari mojaroni joyning o‘zida bartaraf etgan.

Biroz vaqt o‘tgach, Ukraina klubining bir necha o‘yinchisi “Shinnik” futbolchisini liftda kaltaklagan. Lift belgilangan qavatga yetib kelganida, bir guruh rossiyalik futbolchilar holatni ko‘rgan va ular o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqqan. Natijada mehmonxona mutasaddilari voqea joyiga politsiya va tez yordam chaqirgan.

Hozirda mehmonxonada ikki nafar politsiyachi va qo‘shimcha qo‘riqchilar navbatchilik qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchilar va jamoalar vakillari o‘rtasida hamon yakka tartibdagi to‘qnashuvlar davom etmoqda. Mushtlashuv haqidagi ma’lumotni mehmonxonaning o‘zi ham tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shinnik Minay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar