Turkiyada SIZO xodimlari bo‘lgan avtobus portlatildi – OAV

Olam

image

Bugun, 20 aprel kuni Turkiya g‘arbidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi xodimlarini olib ketayotgan avtobus qo‘lbola portlovchi qurilma bilan portlatib yuborildi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Suleyman Soyluga ma’lum qildi.

“Avtobus Bursa - Mudanya yo‘li bo‘ylab harakatlanayotganida masofadan boshqarish pulti yordamida portlatib yuborildi. Oqibatda tergov izolyatori qo‘riqchilaridan biri halok bo‘ldi. Jinoyatchilarni ushlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda”, deb yozgan Suleyman Soylu Twitter’dagi sahifasida.

“24 TV” ma’lumotlariga ko‘ra, portlashda kamida bir kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi jarohatlangan.

Voqea soat taxminan 07:30 da sodir bo‘lgan. Tergov organlari tergov olib bormoqda, DHA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum versiyasi inkor etilmaydi.

Bursa viloyati gubernatori Yakup Janpolat jurnalistlarga “portlatishda masofadan boshqariladigan qo‘lbola portlovchi qurilmadan foydalanilgan”ini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing