Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag‘darildi
Olam
−
14 iyul 2022 5188 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni Turkiya janubidagi Denizli provinsiyasida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ag‘darilib ketdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
YTH oqibatida 41 kishi, jumladan, 39 nafar chet ellik sayyoh – Germaniya, Buyuk Britaniya va Meksika fuqarolari jarohatlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ekskursiya avtobusi Antaliyadan chet ellik sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Denizli shahriga ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lda avtobusning o‘ng old g‘ildiragi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilgan.

Jarohatlanganlardan uch nafarining ahvoli og‘irligi va shifoxonaga yetkazilgani aytilmoqda. Aksariyat sayyohlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025