Turkiyada sayyohlar uchun yangi soliq joriy qilindi

Olam

image

Bugun, 1 noyabrdan Turkiyada mehmonxonada yashaganlik uchun soliq joriy qilindi. Ammo turizm sohasi koronavirus pandemiyasi sabab qiyinchilik ko‘rayotgani uchun tadbirkorlar bu soliqni undirish kechiktiriladi degan umidda.

Dastlab bu soliqni undirish 2020 yil 1 aprelda boshlanishi kerak edi. 2021 yilga kelib, soliq miqdori oshirilishi rejalashtirilgandi. Biroq, mart oyida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an koronavirus pandemiyasi sharoitida sayyohlik sanoatini qo‘llab-quvvatlash choralaridan biri sifatida soliq joriy etishni noyabr oyigacha kechiktirgandi

“Soliqni joriy qilish muddati keldi, ammo hozircha aniqlik yo‘q. Parlamentda soliq joriy qilishni yana kechiktirish masalasi ko‘tarilgan va biz shunday qaror qabul qinishiga ishonamiz. Sohadagi inqiroz sabab davlat na turoperatorlardan, na turagentlardan, na mehmonxona egalaridan va hatto sayyohlarning o‘zidan ham pul olish imkoniga ega emas”, degan Turkiya turoperatorlari assotsiatsiyasi vakili.

Yangi soliqni mehmonxonada xonani onlayn-platformalar orqali yoki bevosita mehmonxona resepshenida mustaqil buyurtirgan sayyohlar to‘laydi. Turkompaniyalar orqali sayohat qiluvchilar uchun ushbu soliq turpaket narxiga avtomatik ravishda qo‘shiladi.


Maqola muallifi

Teglar

mehmonxona solig'i

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar