Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag‘darildi
Olam
−
14 iyul 2022
4672Bugun, 14 iyul kuni Turkiya janubidagi Denizli provinsiyasida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ag‘darilib ketdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
YTH oqibatida 41 kishi, jumladan, 39 nafar chet ellik sayyoh – Germaniya, Buyuk Britaniya va Meksika fuqarolari jarohatlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ekskursiya avtobusi Antaliyadan chet ellik sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Denizli shahriga ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lda avtobusning o‘ng old g‘ildiragi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilgan.
Jarohatlanganlardan uch nafarining ahvoli og‘irligi va shifoxonaga yetkazilgani aytilmoqda. Aksariyat sayyohlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023