Turkiyada samolyot uylar orasiga quladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 25 aprel kuni Turkiyaning Bursa viloyatidagi Yunuseli aeroporti yaqinidagi aholi yashash punktiga bir motorli mashg‘ulot samolyoti qulab tushdi va yona boshladi. Halokat oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, taxminan soat 15:05 atrofida Osmangazi tumanida bitta samolyot uylar o‘rtasiga qulab tushgan. Samolyot qulagan joyda yong‘in chiqqan. O‘t o‘chirish guruhlari aralashuvidan so‘ng, yong‘in qisqa vaqtda bartaraf etilgan.

Bursa gubernatori Yakup Janbolat Osmangazi tumanidagi Yunuseli aeroportiga yaqin hududda bitta motorli samolyotning qulashi bilan bog‘liq holatga izoh berdi.

“Biz buni texnik sabablarga ko‘ra deb o‘ylaymiz, muammo tekshiriladi. Bu fuqarolik o‘rgatuvchi samolyot edi. 2 kishi bor edi, uchuvchilarimiz halok bo‘ldi. 2 ta uy va 2 ta mashinaga zarar yetgan”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing