Turkiyada Rossiya yuk kemasi hibsga olindi
Olam
−
03 iyul 2022
17771Turkiya bojxona vakillari Kiyev so‘roviga ko‘ra, Ukraina donini olib ketayotgan Rossiya yuk kemasini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 3 iyul Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasil Bodnar bayonot berdi.
"Biz [Turkiya bilan] to‘liq hamkorlik qilmoqdamiz. Hozirda kema portga kiraverishda turibdi, u Turkiya bojxona organlari tomonidan qo‘lga olingan", deya diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Reuters” agentligi.
Bodnarning so‘zlariga ko‘ra, ertaga, 4 iyul kuni “kemaning kelajakdagi taqdirini aniqlash uchun tergovchilar yig‘ilishi o‘tkaziladi”.
MarineTraffic monitoring xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning “Jibek Joli” yuk kemasi 1 iyul kuni Karasu portiga yetib kelgan va hozir ham uning yonida turibdi. Xizmat xaritasiga ko‘ra, kema portdan sharqda qisqa masofada langar o‘rnatgan.
Portdagi manbaning aytishicha, 1 iyuldan buyon kema Turkiya rasmiylaridan Karasuga kirish va yuk tushirish uchun ruxsat kutgan, biroq uni ololmagan.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, “Jibek Joli”da 7 ming tonna g‘alla bor.
Dogan agentligining xabar berishicha, Rossiya quruq yuk kemasi tomonidan respublikaga yetkazilgan don Karasu portida tushirilgandan so‘ng, yuk mashinalarida Turkiyaning markaziy qismidagi Konya shahriga olib ketilishi kerak edi.
LiveBarchasi