Turkiyada ISHIDning o‘zbekistonlik a’zosi qo‘lga olindi
Jamiyat
−
14 yanvar 2021
18502Turkiya Respublikasining Istanbul shahri aeroportida ISHID terrorchi tashkiloti a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Bunyod Muxiddinov soxta pasport orqali xorijga uchmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Sabah” nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bunyod Muxiddinov 6 yanvar kuni Tojimuhammad Karimov ismli shaxs nomiga olingan Qirg‘iziston pasporti bilan Germaniyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Turkiya politsiyasining Germaniyaga nima maqsadda borayotgani haqida bergan savoliga u o‘zini sayyohligini aytib, javob beradi. Ammo politsiya undan shubhalanib, pasportini tekshirgan payt, hujjatning soxta ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosining 4 yil avval terrorchi tashkilotga a’zoligi aybi bilan operatsiya olib borilayotganida repatriatsiya markazidan qochib ketgani aniqlangan. Politsiya uni deportatsiya qilinishi uchun Istanbuldagi migratsiya boshqarmasiga topshirgan.
LiveBarchasi