Turkiyada ikki sayyohlik avtobusi YTHga uchradi. Bir sayyoh qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Turkiyaning  Konya-Oqsaroy avtomobil yo‘lida ikkita alohida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bugun, 10 aprel kuni ertalab sayyohlarni olib ketayotgan ikkita avtobus farqli vaqtlarda yo‘l-transport hodisasiga duch kelgan. Oqibatda jami 46 kishi jarohatlandi, 1 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “TRT Haber” xabar bergan.

Izmirdan Qaysariga ketayotgan avtobus Oqsaroy shossesining 40-kilometrida YTHga uchrashi oqibatida avtobusdagi 34 kishi jarohat olgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir.

Birozdan so‘ng, xuddi shu yo‘lning 17-kilometrida ham avtobus bilan bog‘liq yana bir YTH sodir bo‘lgan. Bu safar Antaliyadan Kapadokiyaga ketayotgan sayyohlar avtobusi YTHga uchrab, avtobus salonidagi 12 kishi jarohatlangan, 1 kishi qurbon bo‘lgan.  

Voqea joyiga ko‘plab sog‘liqni saqlash va politsiya guruhlari yuborilgan. Ikki YTHga ham kuchli qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, YTHda vafot etgan sayyoh 43 yoshli rossiyalik fuqaro bo‘lgan. Yaradorlar Tez yordam mashinalari bilan Konyadagi shifoxonalarga davolash uchun olib borilgan.

Sardor To‘lanboyev

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing