Turkiyada futbolchilar o‘yin vaqtida iftorlik qildi (video)

Sport

Turkiya 1-ligasining 30-turida stadionda ajoyib holat yuz berdi. Futbolchilar maydonnig o‘zida iftorlik qilishdi.

1-liganing 30-turida “Giresunspor klubi Anqaraning “Kechio‘renguchu” jamosini qabul qildi. Uchrashuvning 11-daqiqasida jarohat olgan futbolchi tufayli o‘yin bir muddat to‘xtatilgan.

Giresunda iftor vaqti bo‘lganligi uchun soat 19:11 da azon o‘qilgan. Jarohatlangan o‘yinchiga yordam ko‘rsatilayotganda ro‘zador futbolchilar maydon chetida iftorlik qilishgan. Iftorlik qilib bo‘lgach, futbolchilar o‘yinni davom ettirishkan.

Malum qilinishicha, ushbu o‘yinda “Giresunspor” jamoasi 2:1 hisobida “Kechio‘renguchu” jamosi ustidan g‘alaba qozongan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing