Turkiyada fuqaro o‘zbekistonlik ayol uchun doktorni otib o‘ldirdi
Olam
−
29 avgust 2023
19749Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulda mahalliy fuqaro o‘zbekistonlik qiz uchun doktorni quroldan o‘q uzib o‘ldirdi. Bu haqda turk nashrlari yozmoqda.
Hodisa joriy yilning 22 avgust kuni sodir bo‘lgan. Avjilar tumanidagi mehmonxonaga kelgan yigit xonalardan biriga chiqqan va eshikni ochgan doktor Ibrohim Qoraxonga qarata o‘q uzgan. Doktor zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan va muolajalarga qaramay, vafot etgan.
Voqeadan so‘ng politsiya guruhlari mehmonxona xodimlaridan bayonot olgan. Mehmonxona xodimi S.A.ning bildirishicha, 22 avgust kuni kechasi mehmonxonaga bir yigit kelib, doktor Qoraxon tunayotgan xonada bir ayol kaltaklanayotganini aytgan va yuqoriga ko‘tarilgan. Keyin u xonaga kirib, Qoraxonga qarata o‘q uzgan va xonada bo‘lgan chet ellik fuqaro bilan qochib ketgan.
Politsiya mehmonxona xodimi bergan ma’lumotlar asosida, yigit va xonadan u bilan qochgan qiz o‘tirgan mashinaning davlat raqam belgisini hamda ularning qayerga ketganini aniqlagan. Avtomobil Atako‘y tumanidan topilgan. Politsiya xodimlari gumonlanuvchi Ali Askar va ayolni qurol bilan qo‘lga olgan.
Tuman politsiya bo‘limida so‘roq qilingan gumonlanuvchi Ali Askar qotillikni sodir etganini tan olgan. U o‘z ko‘rsatmasida D.B. uning sevgilisi ekani va qiz eskortlik bilan shug‘ullangani, voqea sodir bo‘lgan kuni qiz unga qo‘ng‘iroq qilgani va mehmonxonada kaltaklanayotganini aytganini bildirgan.
“Men xona raqamini ham bilardim. Mehmonxonaga borib, uni otib tashladim”, deydi qotillikni sodir etgan shaxs.
O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan D.B. o‘z bayonotida xonada qolgan shifokor uni kaltaklaganini, yigitiga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘lgan voqeani aytib berganini ochiqlagan.
Qotillik yuzasidan olib borilayotgan tergov-surishtiruv ishlari davomida 26 yoshli gumonlanuvchi Ali Askar bungacha 6 marta turli jinoyatlarda ayblangani ma’lum bo‘lgan.
Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi