Turkiyada Eronning josuslik guruhi qo‘lga tushdi
Olam
−
14 Oktabr 2021 11284 1 daqiqa
Turkiya milliy razvedka tashkiloti (MRT) va politsiya sobiq eronlik harbiyni vataniga jo‘natib yubormoqchi bo‘lgan bir guruh josuslarni qo‘lga oldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vanda yashovchi eronlik sobiq askar M.A.ni Eronga olib o‘tish uchun 8 kishilik guruh yuborilgan. Ularning ikki nafari Eron agenti bo‘lgan. Guruh MRT va politsiya tomonidan joriy yilning 24 sentyabrida qo‘lga olingan.
MRT tomonidan aniqlanishicha, Eron razvedkachilari Vanda byudjeti 30 ming dollar bo‘lgan tarmoq yaratishga urinishgan.
24 sentyabr kuni Eron razvedkasi M.A.ni avtomobilda vataniga qaytarish uchun 2 kishini Vanga yuborgani aniqlangandan so‘ng, MRT va Van viloyati xavfsizlik boshqarmasi tarmoq a’zolarini jinoyat ustida ushlagan.
Dastlab M.A.ni qochirish uchun uning uyiga kirgan Eron fuqarosi S.S. va Turkiya fuqarosi M.Ye.A. hibsga olingan. Operatsiya davomida 6 nafar turkiyalikdan ibora boshqa guruh ham ushlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025