Turkiyada davlat to‘ntarishi uyushtirishda gumonlangan 134 kishi hibsga olindi
Olam
−
30 noyabr 2021
6541Bugun, 30 noyabr kuni Turkiyada 134 kishi Fathulloh Gulen terror tashkilotiga (FETO) aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda “TRT Haber” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, rasmiylar ularni 2016 yil iyul oyidagi muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to‘ntarishini uyushtirishda ayblamoqda.
Xabarga ko‘ra, hibsga olishlar Istanbul va Anqaraning beshta tumanida amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, 2016 yilning 15 iyulida Turkiya Qurolli Kuchlarining bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lgan, lekin xalq hukumatni himoya qilib chiqqach, urinish barbod bo‘lgan.
Isyonchilarga qarshi amaliyot davomida 6 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingan va 100 nafarga yaqin isyonchi o‘ldirilgan, bir necha kishi vertolyotda Gretsiyaga qochib ketgan. To‘qnashuvlar vaqtida 300 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 1500 kishi jarohatlangan, 9 mingdan ortiq kishi isyonda ishtirok etishda gumon qilinib, qo‘lga olingan.
LiveBarchasi