Turkiyada avtobus halokatga uchradi. 14 kishi qurbon bo‘ldi  

Olam

image

Bugun, 8 avgust kuni Turkiya g‘arbidagi Baliqesir shahri yaqinida avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda shahar ma’muriyati OAVga xabar berdi.

“Bugun soat 4:40 da, Baliqesir – Edremit reysini bajarayotgan avtobus Baliqesir hududidagi halqa yo‘lda boshqaruvni yo‘qotdi va ag‘darildi. 11 kishi voqea joyida, uch kishi shifoxonada vafot etdi. 18 kishi jarohat oldi, ularning besh nafari shifoxonaga yotqizilgan”, deyiladi xabarda. 

Bu Turkiyada oxirgi ikki kun ichida sodir bo‘lgan avtobus ishtirokidagi ikkinchi yirik halokatdir. Kecha, 7 avgust kuni mamlakatning g‘arbida Manisa provinsiyasida avtobusning qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing