Turkiya O‘zbekistonda oltin va volfram qazib chiqaradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 fevral kuni Turkiyaning Energetika vazirligi huzuridagi Turkiya geologik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi o‘rtasida O‘zbekistonning Navoiy, Jizzax viloyatlarida volfram va oltinga istiqbolli bo‘lgan Saritau, Xurob va Aydim-Jitimtau maydonlarida geologiya-qidiruv va tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish ishlari bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu bitimni amalga oshirish uchun Turkiya geologik xizmati Operator - “Toshkent Mayning Limited” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etgan va u loyihani amalga oshirish uchun javobgar bo‘ladi.

Bitimga muvofiq, tomonlar belgilagan ish dasturi asosida rejalashtirilayotgan dala ishlarining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asosini tayyorlaydi. Shu bilan birga, joriy yilda 2 million AQSH dollari miqdorida xorijiy sarmoyalar kiritish mo‘ljallanmoqda.

Uchta istiqbolli maydonda aerogeofizik ishlar, masofadan zondlash, namunalarni geokimyoviy tahlil qilish, geokimyoviy izlanish, kartografik ishlar, burg‘ulash xamda kameral ishlari nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun, tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish ilgari razvedka qilingan konlarda mineral xom ashyoni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, noruda foydali qazilma konlarini sanoat yo‘sinida ishlatishning, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya oltin vol'fram

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing