Turkiya vitse-prezidentidan missiyasi tugagan Rozenblyumgacha. Mirziyoyev xorijliklarni mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan quyidagilar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi:

1. Fuat Oktay - Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti

2. Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri

3. Xolid Abdulaziz al-Falih - Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri

4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy - Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri

5. Lyuk Devin - Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari

6. Van Yanchji - Ipak Yo‘li Jamg‘armasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)

7. Deniyel Rozenblyum - AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

8. Guliyev Guseyn Rzagulu o‘g‘li - Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

9. Chernikova Alevtina Anatolevna - Rossiya Federatsiyasining «MISiS» milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori

10. Malishev Vladimir Sergeyevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori

11. Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)

12. Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing