Turkiya tashqi energiya manbalariga qaramlikni yo‘qotmoqchi
Olam
−
21 dekabr 2022 4145 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 21 dekabr kuni Anqara xorijiy energiya resurslariga qaramlikni butunlay yo‘q qilish niyatida ekanini aytdi.
"O‘rnatilgan energiya quvvatimizni 3 barobardan ko‘proqqa oshirdik, mahalliy va qayta tiklanadigan energiya manbalarining o‘rnatilgan quvvatini 65% ga yetkazdik, 81 viloyatga tabiiy gaz yetkazib berdik. Kelgusi davrda biz tashqi energiya manbalariga qaramlikni to‘liq bartaraf etgunimizcha ishlaymiz”, deydi u Anqarada parlamentdagi nutqi chog‘ida.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadga Qora dengizdagi yangi gaz konini o‘zlashtirish, shuningdek, Rossiya davlat korporatsiyasi “Rosatom” tomonidan qurilayotgan ilk Akkuyu atom elektr stansiyasini ishga tushirish orqali erishiladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust