Turkiya “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasini qabul qilib oldi
Olam
−
14 iyun 2021
2665Turkiya Rossiyadan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasini qabul qilib oldi. Preparatni olib kelgan samolyot poytaxti Anqaradagi Esenbog‘a xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Qo‘ja Turkiya o‘z aholisidan uch baravar ko‘p bo‘lgan 270 million dozada turli xil vaksinalar olib kelish bo‘yicha shartnomalar imzolaganini aytgan edi.
Turkiya 2021 yilning yanvar oyida aholisini koronavirusga qarshi Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasining CoronaVac vaksinasi bilan emlashni boshladi. Mart oyidan beri mamlakatda Pfizer/BioNTech vaksinasi ham qo‘llanilmoqda.
Ma’lumot uchun, mamlakatda 5,3 milliondan ortiq koronavirus kasalligi qayd etilgan, 48 mingdan ortiq odam vafot etgan. Kun davomida kasallikning 5012 ta holati va 53 ta o‘lim qayd etildi.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi