Turkiya Rossiyadan gaz uchun chegirma berishni so‘radi

Olam

image

Turkiya Moliya vaziri Nureddin Nebati Rossiyadan  gaz narxiga  chegirma berishni va “Gazprom”dan to‘lovlarni kechiktirish imkoniyatini so‘radi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Anqara Moskvadan sotib oladigan katta miqdordagi gaz uchun qat’iyan chegirma talab qilmoqda, shuningdek, “Gazprom”dan to‘lovlarni kechiktirishni so‘radi. Nebati ikkala jabhada ham yaxshi xabar kutayotganini aytgan.

Ma’lumki, 16 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganidan so‘ng Turkiya tomoni Rossiya gazi uchun 25 foiz to‘lovni rublda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bir necha kundan so‘ng Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez Rossiya gazining 25 foizini rublda to‘lash haqidagi kelishuv yaqin kelajakda kuchga kirishini ta’kidladi.

Rasmiy tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya Rossiyadan tabiiy gaz to‘lovlarining bir qismini 2024 yilgacha kechiktirishni so‘ragan bo‘lishi mumkin. Anqaradagi manbalar esa gaz muzokaralarining kun tartibida bunday masala yo‘qligini ma’lum qilgan.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing