Turkiya Respublikasi tashkil topganining 98 yilligi O‘zbekistonda ham nishonlandi

Jamiyat

image

Juda katta talofatlar keltirgan I Jahon urushi VI asrdan ko‘proq vaqt davomida hukm surgan buyuk Usmoniylar imperiyasining qulashiga olib keldi. Tugatilgan Usmonli Turk sultonligi o‘rnida esa kuchli notiq, mohir qo‘mondon, irodali siyosatchi – Mustafo Kamol Otaturk tomonidan Turkiya Respublikasiga asos solindi. Mazkur tarixiy voqea 1923 yilning 29 oktyabrida yuz bergandi.

O‘shandan buyon mazkur sana butun turk xalqi uchun katta shodiyona, katta bayram sifatida nishonlanadi. Kecha, 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasining tashkil topganiga 98 yil to‘ldi va shu munosabat bilan Toshkentdagi Turkiya elchixonasi tomonidan qabul marosimi tashkil etildi.

Qabul marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi O‘lgan Bekar, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari va diplomatik korpus vakillari, tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirok etdi.  

Tadbir avvalida O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari jarang sochdi. So‘ng Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi O‘lgan Bekar mehmonlarga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tabrigini o‘qib eshittirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing