Turkiya razvedkasi xavfli terrorchini yo‘q qildi – OAV

Olam

image

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Suriyada 2008 yilda Istanbulning Gungoren tumanida sodir etilgan teraktda ishtirok etgan, favqulodda xavfli “Kurdiston ishchi partiyasi” terroristi Nusret Tebishni zararsizlantirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Anqaradagi xavfsizlik tuzilmalaridagi manbalarga asoslanib, xabar berdi.

Razvedka idoralariga ko‘ra, Turkiyada 18 nafar tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan teraktdan so‘ng Tebish Iroq shimoliga qochib, so‘ngra Suriyaga ko‘chib o‘tgan.

MİT xodimlari terrorchining Turkiya chegarasidan 60 km uzoqlikdagi Hasek shahridagi uylardan birida yashiringanini aniqlagan. Xavfli jinoyatchini zararsizlantirishga qaror qilingan.

2008 yilning 27 iyulida Istanbulning Gungoren tumanida sodir bo‘lgan ikki portlash natijasida 18 kishi halok bo‘lgan, ulardan besh nafari bola, yana 154 kishi yaralangan edi.

Terrorchi Tebish Turkiya sudi tomonidan sirtdan 1258 yil va 18 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

terrorist

Baholaganlar

566

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar