Turkiya razvedkasi Eronga ishlagan josuslarni qo‘lga oldi
Olam
−
13 fevral 2022
6433Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MIT) va Istanbul xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida, Eron razvedka xizmatlariga Turkiyadagi eronlik muxolifat vakillarini o‘g‘irlashda yordam bergan 14 nafar josus qo‘lga olindi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentltgi xabar bermoqda.
Sud hibsga olingan 12 nafar Turkiya va ikki nafar Eron fuqarolariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni ma’qullagan. Josuslar guruhining yana uch nafar a’zosiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Turkiya Xavfsizlik tashkilotlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “By Saglam” mudofaa shirkatining egasi hisoblangan Ihson Sag‘lam va uning Eron fuqarosi bo‘lgan sherigi Morteza Sultan Sanjariy Eron hukumatiga muxolifatchi bo‘lgan Eron Islom Respublikasi fuqarolarini noqonuniy yo‘llar bilan Turkiyadan olib chiqishga uringani aniqlangan.
Sag‘lam va Sanjariy o‘z faoliyati davomida Eron razvedkasi nomidan ish olib borgan Sayyidmahdi Husayniy va Ali Gahramanixo‘jioboddan tegishli ko‘rsatmalar olib turgani ma’lum bo‘lgan.
Muxolifat vakillarini o‘g‘irlab, Turkiyadan Eronga yetkazib bergani uchun Sag‘lamiy va uning sheriklariga Eron razvedkasi tomonidan 150 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli to‘langan.
LiveBarchasi