Turkiya NATOdan chiqishi mumkinligi aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya rasmiy Anqaraga qarshi provokatsion harakatlar tufayli besh-olti oy ichida NATOdan chiqishi mumkin. Bu fikrni bugun, 25 yanvar kuni Turkiyaning “Vatan” partiyasi raisi o‘rinbosari Ethem Sanjak “Aydinlik” gazetasiga bergan intervyusida bildirgan.

“Voqealar bizni shunday harakatlarga majbur qilmoqda. NATO o‘zining provokatsiyalari bilan bizni bunga majbur qilmoqda. Ular bizni qo‘shnimiz Gretsiyaga qarshi qo‘ymoqda. Turkiya 5-6 oy ichida NATOdan chiqadi. Ular bizni Yaqin Sharqdagi urush girdobiga ham tortmoqchi”, deydi Ethem Sanjak.

Sanjakning aytishicha, so‘nggi so‘rovlar Turkiya aholisining kamida 80 foizi AQSH dushman va u buzg‘unchi siyosat yuritayotgan davlat deb hisoblashini ko‘rsatgan. 

Shuningdek, Sanjak Turkiya va Suriya rahbariyati AQSHni Suriya hududini tark etishga majbur qilish uchun muzokara stoliga o‘tirishiga ishonch bildirgan.

“Biz Suriya Prezidenti Bashar Asad va qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan o‘tirib, tinchlik shartnomasini imzolaymiz. Terrorchi tashkilotlarni va AQSHni Suriyadan zudlik bilan quvib chiqarishimiz kerak. Suriyaliklar va turklar qardosh xalqlar. Suriyaliklar bizga eng yaqin arab xalqlari. Biz qochqinlarning o‘z mamlakatlariga xavfsiz qaytishini ta’minlashimiz kerak. Asad ularning qaytishiga qarshi bo‘ladi deb o‘ylamayman. Suriyani birgalikda tiklay olamiz”, deya qo‘shimcha qilgan “Vatan” partiyasi raisi o‘rinbosari.

Qayd etish joizki, “Vatan” partiyasi joriy yilning  19 yanvaridan respublika rasmiylarini Shimoliy Atlantika alyansidan chiqishga chaqirib, “NATOdan chiqaylik” umummilliy kampaniyasini boshlagan. Ushbu kampaniya doirasida bir qator shaharlarga tegishli petitsiyalarni imzolash uchun stollar tashkil qilish, NATOning Turkiyadagi bazalariga qarshi miting va norozilik namoyishlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 

Ma’lumot uchun, “Vatan” partiyasi an’anaviy ravishda Amerikaga qarshi pozitsiyalarga amal qiladi. U bir necha bor Turkiya hukumatini AQSHning mamlakatdagi harbiy bazalarini yopishga, Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish talabini qaytarib olishga va NATOdan chiqishga chaqirgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing