Turkiya NATOdagi ittifoqchilaridan kutilgan yordamni olmadi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya NATOdagi ittifoqchilaridan na mudofaada, na terrorga qarshi kurashda kutilgan yordamni olmadi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Turkiya na mudofaa ehtiyojlarini qondirishda, na 40 yillik terrorizmga qarshi kurashida ittifoqchilaridan kutgan yordamni olmadi. Mamlakatimiz bir necha bor ochiq va yashirin sanksiyalar, tahdidlar, bosim va shantajlarga duchor bo‘ldi”, degan Erdo‘g‘an Goljuk kemasozlik zavodida so‘zlagan nutqida.

Turkiya terrorizmga qarshi kurashda diplomatik bayonotlar emas, NATOning aniq qadamlarini ko‘rmoqchi, deydi Prezident Erdo‘g‘an.

“NATO uchun to‘lovni to‘layotgan davlat sifatida biz ochiq diplomatik bayonotlar emas, aniq qadamlar ko‘rishni istaymiz”, dedi u.

Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zoligi masalasi muhokama qilinayotganda Stokgolmning Anqaraga qarshi sanksiyalarini “chetga surib qo‘ya olmaydi”, deydi Turkiya Prezidenti.

“NATO va biz a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarda hayotiy rol o‘ynayotgan bo‘lsak-da, ba’zi ittifoqdoshlarimiz hali ham sanksiyalarni bekor qilish haqida gapirmoqda. Shvetsiyaning bizga qarshi sanksiyalarini bir chetga surib qo‘ya olmaymiz”, dedi Erdo‘g‘an.

Avvalroq “Financial Times” gazetasi Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish jarayoni boshlanishiga to‘sqinlik qilgani haqida yozgan edi. Erdo‘g‘o‘nning ta’kidlashicha, Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zoligiga “ha” deya olmaydi, chunki Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari bilan aloqalari haqidagi ularning kafolatlariga ishonolmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing