Turkiya koronavirus tashxisi uchun yangi tezkor testni ishlab chiqdi

Olam

image

Turkiyada koronavirusni tez tashxislash uchun yangi test ishlab chiqildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma’lum qildi.

"Bizning mutaxassislarimiz koronavirus tashxisi uchun tezkor test ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. An’anaviy sinovlarga qaraganda natijani olish tezligi to‘rt baravarga tezlashtirildi", dedi "Xaberturk" telekanali. Kojaning so‘zlariga ko‘ra, yangi tezkor test allaqachon mamlakat klinikalarida qo‘llanila boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 27 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya va Belgiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 1018 nafarga, dunyo bo‘yicha bu virus bilan kasallanganlar 43 101 nafarga yetdi. Bemorlarning 7345 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti. Shuningdek bu kasallikni 4043 nafar odam yengib o‘tdi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing