Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

Olam

image

Turkiya Isroilga elchi tayinlash va diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi. Bu haqda bugun, 17 avgust kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Isroilga elchi tayinlashga qaror qilindi, Isroil tomoni ham bu borada ijobiy javob berdi. Tez orada nomzodimiz Prezidentga taqdim etiladi. Xudo xohlasa, har ikki tomon uchun hammasi muvaffaqiyatli bo‘ladi", deydi Chavusho‘g‘li.

Ma’lum bo‘lishicha, Isroil va Turkiya diplomatik vakillik darajasini o‘zgartirishdan tashqari, yaqin kelajakda yana bir oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazish, siyosiy va mintaqaviy maslahatlashuvlar tashkil etish, aralash iqtisodiy komissiya tuzish masalalarini ko‘rib chiqish, turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida. 

Shuningdek, Chavusho‘g‘li xavfsizlik, xususan, terrorchilik tahdidlaridan himoya qilish sohasidagi hamkorlikka alohida urg‘u bergan.

Yair Lapid Turkiyada Erondan hujum tahdidi ostida qolgan Isroil fuqarolarining hayotini saqlab qolgan Anqaraga minnatdorlik bildirgan. 

"Gap nafaqat begunoh isroillik sayyohlarning o‘ldirilishi, balki Eron terrori Turkiya suverenitetini ochiqdan-ochiq buzayotgani haqida bormoqda", deydi Lapid.

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Anqara G‘azo sektorida 59 falastinlikning o‘limi va 2700 dan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlaridan so‘ng, Isroil elchisidan mamlakatni tark etishni so‘ragan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing